Dunyoning eng keksa odami vafot etdi
Olam
−
24 noyabr 2021
34833Filippinning eng keksa fuqarosi Fransiska Susano 124 yoshida G‘arbiy Negros provinsiyasidagi Kabankalan shahrida vafot etdi. Bu haqda “Inquirer” internet nashri uning qarindoshlariga tayanib xabar bergan.
“Mamlakatdagi eng keksa odam hisoblangan 124 yoshli Fransiska Susano dushanba kuni kechasi kamida 15 nevarasi qurshovida vafot etdi”, deb yozadi nashr.
Ta’kidlanishicha, Susano 1897 yilning sentyabrida tug‘ilgan va fermer bo‘lgan. Uning 14 farzandi va 500 dan ortiq nevarasi bo‘lgan.
Nashrning qayd etishicha, Susano sayyoramizning eng keksa fuqarosi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin bo‘lgan, biroq uning oilasi tashkilotchilarning talablarini bajara olmagan.
Ma’lumot o‘rnida, 118 yoshli yaponiyalik Kane Tanaka yer yuzining yeng keksa aholisi sifatida rasman tan olingan, unvon unga 2018 yilda berilgan.