Dunyoning eng keksa odami o‘zgardi
Olam
−
05 iyul 2021
14445Puerto-Rikolik Emilio Flores Markes 113 yoshga to‘lishiga bir necha hafta qolganida eng keksa odam sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda Guinness World Records saytida xabar berilgan.
“Uzoq umr ko‘rish uchun “muhabbat mo‘l” bo‘lishi va g‘azab bo‘lmasligi kerak”, degan uning o‘zi.
Markes 1908 yil 8 avgustda Puerto-Rikoning shimoli-sharqiy qismida tug‘ilgan. Undan tashqari oilada yana 10 nafar bola bo‘lgan. Markes bolaligidanoq otasiga oilaviy ferma ishlarida yordam bergan. Bundan tashqari, u oilaning to‘ng‘ich o‘g‘li sifatida ukalariga ham g‘amxo‘rlik qilgan.
Markes 75 yil oilali bo‘lgan, uning rafiqasi Andrea Peres 2010 yilda vafot etgan. Ularning to‘rt nafar farzandi bo‘lgan. Hozir farzandlaridan ikkitasi hayot. Bundan tashqari, erkakning beshta nabirasi va beshta evarasi bor.
Ma’lumot o‘rnida, avval sayyoradagi eng keksa odam 1908 yil 21 noyabrda tug‘ilgan ruminiyalik Dumitru Komenesku bo‘lgan. U rekordni bir oydan kamroq vaqt ichida — 2020 yil 27 iyunda vafot etgunga qadar ushlab turgan. Uning o‘limidan so‘ng Ginnesning rekordlar kitobi Dumitrudan uch oy oldin tug‘ilgan Markes haqidagi dalillarni olgan.
LiveBarchasi