Dunyoning eng keksa fuqarosi vafot etdi
Olam
−
18 yanvar 2023
25520Dunyodagi eng keksa fuqaro Lyusil Rendon 118 yoshida vafot etdi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi saytida ma’lum qilindi.
Lyusil Rendon 1904 yil 11 fevralda Fransiya janubida tug‘ilgan. U 119 yoshga kirishiga 25 kun qolgandi.
Fransiyalik ayol 2022 yilning aprel oyida 118 yoshu 73 kunlik bo‘lganida dunyoning eng keksa fuqarosi deb tan olingan edi.
Qayd etilishicha, Rendon yoshligida o‘qituvchi va hokim bo‘lgan, Ikkinchi Jahon urushi paytida bolalarga qaragan, keyin esa u yetimlar va qariyalar bilan ishlagan. 1944 yilda u katolik rohibasi bo‘ldi.
Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, fransiyalik ayol Janna Luiza Kalment (1875 – 1997) yer yuzidagi eng uzoq umr ko‘rgan – 122 yil.
Erkaklar o‘rtasida eng uzoq umr ko‘rgan shaxs yaponiyalik Jiroemon Kimura (1897 – 2013) edi – 116 yosh.