Dunyoning eng keksa erkagi o‘zgardi

Bu qiziq

image

Braziliyalik 112 yoshli Joao Marino Neto dunyodagi eng keksa erkak deb topildi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobining Instagram sahifasida e’lon qilindi

Qayd etilishicha, braziliyalik Joao Marino Neto 112 yoshu 52 kunlik bo‘lib, uning yoshi joriy yilning 26 noyabr kuni LongeviQuest tashkiloti tomonidan Braziliyaning Seara shtatidagi Apuyares munitsipalitetida tasdiqlangan. 

1912 yil 5 oktyabrda Seara shtatining Maranguapi shahrida tug‘ilgan Joao Marino Neto avval Braziliya va Lotin Amerikasidagi eng keksa erkak sifatida tan olingan. Endilikda u 1912 yilda tug‘ilgan so‘nggi tirik erkak sifatida ham e’tirof etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Netodan oldingi dunyodagi eng keksa erkak – Buyuk Britaniya fuqarosi Jon Alfred Tinnisvud 112 yoshida vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

eng keksa erkak Joao Marin'o Neto

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing