Dunyoning eng qimmat kompaniyalari tarixiy rekord o‘rnatdi
Texnologiya
−
11 iyun 2020
6667Apple va Microsoft tarixda ilk bor kapitallashuvi 1,5 trln dollarga yetgan kompaniyalarga aylandi. Ushbu rekord 10 iyun kuni o‘tgan savdolarda o‘rnatildi. Bu haqda NASDAQ xabar bermoqda.
Amerikaning ushbu texnologik gigantlari NASDAQ, S&P 500 a Dow Jones indekslari tushishiga qaramay, dunyoning eng qimmat kompaniyalari mavqeini saqlab kelmoqda. Shuningdek, Amazon’ning qiymati 1,3 trillion dollargacha o‘sgan va Google kompaniyasining bosh kompaniyasi bo‘lgan Alphabet bir trillionga ko‘tarilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu o‘sish AQSHdagi koronavirus epidemiyasi va ommaviy norozilik fonida aksiyalarning ishonchliligiga bog‘liqligi aytilmoqda. Shu bilan birga, ularning har biri o‘z biznesining asosiy xususiyatlari tufayli g‘olib bo‘lishdi.
Microsoft xodimlarni masofadan turib ishlashga o‘tkazish uchun talab qilinadigan texnologiyaga aylandi. Amazon an’anaviy do‘konlarni yopish va elektron tijoratni kengaytirish orqali pul ishladi. Alphabet esa reklamadan yaxshigina daromad qildiarini. Apple’da narxning oshishi 5G ga ega yangi iPhone’ning chiqarilishi haqidagi taxminlar bilan bog‘liq.
LiveBarchasi