Dunyoning eng qimmat futbolchisi o‘zgardi

Sport

image

Angliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi a’zosi Jud Bellingem dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ingliz futbolchisining qiymati 180 million yevrogacha oshgan. Hozirgacha norvegiyalik hujumchi Erling Xoland xuddi shuncha qiymat bilan eng qimmat futbolchi bo‘lib kelayotgandi. Shuningdek, fransiyalik Killian Mbappe ham 180 million yevroga baholangan, biroq Judning ikkala futbolchidan ham yoshi kichikroq bo‘lganligi uchun u jahonning eng qimmat futbolchisi reytingida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Bellingem joriy mavsum “qaymoqranglilar” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning joriy klubi bilan shartnomasi 2029 yilda yakuniga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Jud Bellingem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing