Dunyoning eng qimmat futbolchisi koronavirusga chalindi

Sport

image

PSJ klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe koronavirusga chalindi. Bu haqda mamlakat Futbol federatsiyasi ma’lum qildi.

Futbolchi koronavirusga chalingani UEFA`ning Millatlar ligasi musobaqasi doirasida Fransiyaning Xorvatiya bilan bahsi oldidan test topshirganida ma’lum bo‘lgan. Hlzirda futbolchi terma jamoani tark etgan.

Ma’lumot uchun, fransiyalik hujumchi transfermarkt.de versiyasiga ko‘ra, dunyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Uning transfer qiymati 180 million yevroga teng. 2018 yilda u Fransiya termasi bilan jahon chempioni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe

Baholaganlar

385

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing