Dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingi e’lon qilindi

Sport

image

Fransiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Kilian Mbappe “Transfermarkt” talqiniga ko‘ra, ayni damda dunyoning eng qimmat futbolchisi deb topildi. 

24 yoshli hujumchining transfer qiymati 180 million yevroni tashkil etadi. Top uchlikka Erling Holand (“Manchester Siti”, Norvegiya) – 170 million yevro, shuningdek, Vinisius Junior (“Real Madrid”, Braziliya) va Jud Bellingem (“Borussiya Dortmund”, Angliya) kirdi. Vinisius va Bellingemning transfer qiymati 120 million yevrodan iborat.

“Transfermarkt” talqini bo‘yicha dunyoning eng qimmat 10 nafar futbolchisi:

1. Kilian Mbappe (PSJ, Fransiya) – 180 million yevro;

2. Erling Xoland (“Manchester Siti”, Norvegiya) – 170 million yevro;

3-4. Vinisius Junior (“Real Madrid”, Braziliya) – 120 million yevro;

3-4. Jud Bellingem (“Borussiya”, Angliya) – 120 million yevro;

5-6. Filipp Foden (“Manchester Siti”, Angliya) – 110 million yevro;

5-6. Jamal Musiala (“Bavariya”, Angliya) – 110 million yevro;

7-9. Federiko Valverde (“Real”, Urugvay) – 100 million yevro;

7-9. Viktor Osimxen (“Napoli”, Nigeriya) – 100 million yevro;

7-9. Pedri (“Barselona”, Ispaniya) – 100 million yevro;

10. Gavi (“Barselona”, Ispaniya) – 90 million yevro.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe Vinisius Junior

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing