Dunyoning eng boy oilalari e’lon qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol-Nahayonning oilasi dunyodagi eng badavlat oila deb tan olindi. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, oila boyligi asosini energiya savdosidan tushgan daromadlar tashkil etadi. Shuningdek, Ol-Nahayonlar investitsiya siyosati, jumladan, turli kompaniyalar va ko‘chmas mulk bozorlariga sarmoya kiritish orqali ham foyda ko‘radi. “Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, Ol-Nahayonlar taxminan 300 milliard dollarga ega.

Abu-Dabining bosh oilasi moliyadan robototexnikagacha bo‘lgan sohalarda 27 000 dan ortiq kishini ish bilan ta’minlaydigan Royal Group'ga egalik qilmoqda. Oilaning Angliyaning “Manchester Siti” futbol klubi, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi va qo‘shiqchi Riannaning Savage x Fenty modalar uyida ulushlari mavjud.

Uoltonlar oilasi reytingning ikkinchi pog‘onasini egallagan. Ular  Walmart do‘konlar tarmog‘ining asoschisi hisoblanadi. Hozirda Uoltonlarning umumiy boyligi 224,5 milliard dollarga baholanmoqda. 

Kuchli uchlikka Marslar oilasi yakun yasab bergan. Ular Mars nomli qandolatchilik kompaniyasi asoschisidir. Oilaning boyligi 160 milliard dollarga yetadi.

Shuningdek, reytingga Kochlar oilasi ham kiritilgan. Ular Koch Industries nomli sanoat konglomeratini boshqaradi. Oilaning jami boyligi 128,8 milliard dollarga teng. 

Saudiya Arabistoni Qirollik oilasi esa 105 milliard dollar boylik bilan 5-o‘ringa joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha fransuz tadbirkori Bernar Arno Ilon Maskni ortda qoldirib, dunyoning eng boy odami bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Muhammad bin Zoid Ol-Nahayon Saudiya Arabistoni Qirollik oilasi Marslar

Baholaganlar

1044

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar