Dunyoning eng boy odami milliardlab dollar yo‘qotdi
Olam
−
25 Oktabr 2019
6629Amerikaning Amazon korporatsiyasining uchinchi chorakdagi moliyaviy hisoboti investorlarni qoniqtirmadi. Bu haqda MK xabar bermoqda.
Hisobotlar nashr etilgandan so‘ng kompaniyaning aksiyalari keskin tushib ketdi. NASDAQ fond birjasida 9 foiz qadrsizlangan qimmatbaho qog‘ozlar natijasida korporatsiya asoschisi Jeff Bezosning boyligi 6,9 milliard dollarga kamaydi.
Ko‘rsatilgan davrda kompaniyaning operatsion daromadi 3,2 milliard dollarga tushdi, o‘tgan yili esa bu ko‘rsatkich 3,7 milliardni tashkil etdi. Shuningdek, iyul-sentyabr oylarida kompaniyaning sof foydasi 2,1 milliardga (0,8 milliardga) kamaydi.
Ma’lumot uchun, Jeff Bezos ikkinchi yil ketma-ket Forbes jurnalining eng boy odamlari reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Uning boyligi 114 milliard dollarga baholangan.
LiveBarchasi