Dunyoning eng baland 14 cho‘qqisini zabt etgan ayol rekord o‘rnatdi

Bu qiziq

image

Britaniyalik 23 yoshli Adriana Braunli dunyoning eng baland 14 cho‘qqisini zabt etgan eng yosh ayolga aylandi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Qayd etilishicha,  joriy yilning 9 oktyabr kuni ayol mo‘ljaldagi so‘nggi nishon – Tibetdagi Shishapangma cho‘qqisiga chiqqan.

“Shu voqeadan so‘ng Adriana Braunli quvonganidan yig‘lab yubordi. Chunki 8 ming metrdan baland 14 ta cho‘qqini zabt etish — har qanday alpinistning orzusidir”, deyiladi xabarda.

2021 yilning mayida, 20 yoshida Everestni zabt etgan Adriana keyingi uch yil davomida qolgan “sakkiz mingliklar”ni birin-ketin ishg‘ol qilgan.

Dengiz sathidan 8000 metrdan baland cho‘qqilar dunyoda 14 ta bo‘lib, barchasi Nepal, Tibet (Xitoy), Hindiston va Pokiston hududlaridagi Himoliy va Qoraqurum tog‘larida joylashgan. Jomolungma (Everest) — 8 849 m, Chogori (K2) — 8 611 m, Dxaulagiri — 8167 m, Nangaparbat — 8126 m shular jumlasiga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 18 yoshli nepallik Nima Rinji 9 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan 6:05 da sherigi Pasang Nurbu bilan 8,027 metr balandlikdagi Shisha-Pangma cho‘qqisini zabt etib, bunga erishgan eng yosh odam bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

cho'qqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar