Dunyoni yig‘latgan “Asr fojiasi”. Qahramonmarashdan fotoreportaj
Tahlil
−
10 fevral
86806 fevral kuni “Asr falokati” – Turkiyaning Qahramonmarash viloyatida yuz bergan kuchli zilzilaga 1 yil to‘ldi. Ushbu zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lib, uylar, inshootlar vayronaga aylangandi. Ammo shu bir yil ichida viloyatni qayta tiklash ishlari olib borildi va bu hali ham davom etmoqda. QALAMPIR.UZ jurnalisti Alibek Beyjanov fojia sodir bo‘lgan viloyatga borib, hududda qayta qurish ishlari qanday olib borilayotganini o‘rgandi.
Jumladan, Turkiya Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiyalar boshqarmasi O‘zbekiston va boshqa davlatlarda faoliyat yurituvchi bir qator OAV vakillari uchun Turkiyada press-tur uyushtirdi. Uning doirasida Qahramonmarash viloyati hokimi Mukarram Unluer bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tib, zilziladan keyingi ishlar va aholiga ko‘rsatilayotgan yordamlar bo‘yicha ma’lumot berildi.
Qahramonmarash hokimi Mukarram Unluerning so‘zlariga ko‘ra, viloyatda zilzila sabab vafot etgan marhumlarning yaqinlariga salkam 983 milliard turk lirasi miqdorida kompensatsiya berilgan. Shuningdek, ijara yordami sifatida 25 ming 304 ta uy egasiga 1 milliard 328 million 438 ming, 28 ming 766 nafar ijarachilarga esa jami 7 milliard 171 million 789 ming 655 lira to‘langan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu talafotda viloyatning 12500 aholisi halok bo‘lgan. Hududda 1 million 170 ming kishi istiqomat qilayotgan bo‘lsa, ularning 25 foizi bir kunda uy-joyidan ayrilgan.
Hozirda viloyatda uysiz qolganlar uchun konteyner, chodirlar qurilgan. O‘quvchilar uchun esa konteynerlardan iborat maktablar tashkil qilinib, kutubxonalar, to‘garak mashg‘ulotlari uchun maxsus xonalar, sport maydonchalari qurilgan.
Shu bilan birga, QALAMPIR.UZ jurnalisti viloyatda qurib bitkazilgan uylarni ham ko‘zdan kechirib, fotoreportaj tayyorladi.