Dunyoni yangi urush kutyaptimi? Peskov javob berdi

Olam

image

Amerika Prezidenti Jozef Baydenning Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqinda qilgan bayonotidan keyin ham Rossiya AQSH bilan munosabatlarni davom ettirishga intiladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan. 

"Prezident har qanday holatda ham ikki mamlakat va butun dunyo manfaatlari uchun munosabatlarni davom ettirish istagini bildirdi", degan Peskov dunyoni yangi sovuq urush kutayaptimi, deya berilgan savolga. 

Shu bilan birga, Peskov "biz Baydenning bayonotlarini e’tiborsiz qoldirolmaymiz", deb qo‘shimcha qilgan. 

Avvalroq, Bayden ABC News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya AQSHdagi saylovlarga aralashishga uringani uchun Putin javob berishi kerakligini aytgandi. Keyin esa jurnalistning “Siz Putinni qotil deb o‘ylaysizmi?”, degan savoliga u quyidagicha javob qaytardi: “ha, o‘ylayman”. 

Putinning o‘zi Baydenning so‘zlariga munosabat bildirib, unga sog‘lik tiladi. Keyinroq esa Rossiya Prezidenti Baydenga jonli efirda muloqot qilishni taklif qildi. 

Keyinroq, Jo Baydenning bugun yetarlicha band bo‘lishi va Vladimir Putin bilan gaplasha olmasligi ma’lum bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

932

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing