Dunyoga “tushkunlik urug‘ini” sochgan Uxanda koronavirus muzeyi ochildi

Olam

image

Ushbu hafta Xitoyning Uxan shahri koronavirus sababli karantinga olinganiga roppa-rosa bir yil to‘ladi. 2020 yil 23 yanvar kuni Uxanda qattiq karantin tartibi joriy etilgan. 

Bugungi kunga kelib, Uxan aholisi ko‘chalarda bemalol niqobsiz yurishi mumkin. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, shaharda pandemiya ustidan g‘alaba belgisi sifatida muzey ham ochilgan. 

Koronavirus muzeyi avval COVID-19 kasallari davolangan shifoxonada tashkil qilingan. 

Qayd etilishicha, ko‘rgazmada mamlakat shifokorlari va ko‘ngillilar kasallik avj olgan paytda kiyib yurgan forma namoyish etilgan. 

Ko‘rgazmadagi fotosuratlar va hujjatlarda esa virusga qarshi kurash xronikasi tasvirlangan. Shuningdek, ko‘rgazmada alohida bo‘lim pandemiyaga qarshi kurashda halok bo‘lganlarga bag‘ishlangan.

"Uxan xalqi ko‘p narsalarni boshdan kechirdi, ular haqiqatan ham ajoyib insonlar. Ular shaharni izolyatsiya qilish paytida o‘zlarining erkinliklarini qurbon qilishdi. Xitoyning pandemiyaga qarshi kurashiga katta hissa qo‘shishdi", degan ko‘rgazma mehmoni Chen Dazi. 

Ta’kidlanishicha, shahar ma’muriyati Uxanga sayyohlarni jalb qilish uchun koronavirus mavzusidan foydalanmoqchi. 

Ularga ko‘ra, Uxan COVID-19 tug‘ilgan joy sifatida, butun dunyoga tanilgan.

Ma’lumot o‘rnida, shaharda COVID-19 epidemiyasi 2019 yilning dekabrida boshlangan edi. Shundan so‘ng, Xitoy rasmiylari ulkan megopolisda qat’iy karantin joriy qilib, odamlarning o‘z kvartalidan tashqariga chiqishini ham taqiqlagandi.

Turli taxminlarga ko‘ra, koronavirus Uxan shahridagi dengiz mahsulotlari bozorida paydo bo‘lgan. Ammo bu masalada mutaxassislar yakuniy xulosaga kela olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Uxan'

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing