Dunyoga mashhur kompaniyalar London bilan xayrlashmoqda. Sabab...

Olam

image

Brexit tufayli Londondan Amsterdamga 100 dan ortiq yirik transmilliy kompaniya ko‘chib o‘tdi, yana 300 tasi Niderlandiya hukumati bilan muzokaralar olib bormoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Buyuk Britaniya 31 yanvar kuni Yevropa Ittifoqidan chiqib ketdi. Joriy yilning oxiriga qadar o‘tish davri davom etadi. Bu davrda tomonlar kelajakdagi munosabatlarning modelini kelishib olishga harakat qiladi. Ayni paytda, ikkala tomonning bayonotlariga ko‘ra, muzokaralarda alohida yutuqlarga erishilmagan.

"Niderlandiya – bu umumiy Yevropa shtab-kvartirasi va transmilliy korporatsiyalarning ishlab chiqarish maydonidir. Brexit faktori tufayli bu tendensiya bir necha bor kuchayib ketdi. Ko‘plab global transmilliy korporatsiyalar allaqachon Londondan Amsterdamga ko‘chib o‘tdi. Bunday kompaniyalar soni 100 dan oshdi va hozirda 300 dan oshiq muzokara olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

O‘z shtab-kvartiralarini Londondan Amsterdamga ko‘chirgan kompaniyalar sirasiga Sony, Panasonic, Discovery, Mitsubishi, Hitachi, Canon kabilarni kiritish mumkin.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu bosqichda Amsterdam Yaponiya kompaniyalari uchun markazga aylanmoqda.

Shu bilan birga, Brexit tufayli Niderlandiya zarar ko‘rmoqda. Chunki Britaniya bilan tashqi iqtisodiy aloqalar mamlakat yalpi ichki mahsulotining 7 foizini tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

London

Baholaganlar

216

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing