Londonda namoyishchilar G‘azo uchun ko‘chaga chiqdi

Olam

image

Kecha, 3 fevral kuni Londonda 7 oktyabrdan beri Isroil hujumlarida 27 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirish uchun namoyishchilar ommaviy miting o‘tkazdi. Bu haqda “gnt24.com” sayti ma’lum qildi. 

Falastinliklar bilan birdamlik uchun minglab odamlar Portlend-Pleysdagi BBC shtab-kvartirasi oldida to‘plangan va keyinroq Uaytxolldagi Bosh vazir idorasi tomon marsh uyushtirilgan.

Ta’kidlanishicha, Falastin bayroqlarini ko‘targan olomon, Isroilning G‘azoga hujumlarini to‘xtatish chaqirig‘i bilan shiorlar aytib, Britaniya hukumatini Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun sazoyi qilgan.

Ular, shuningdek, "Falastinga ozodlik", "Genotsidni to‘xtating" va "Hoziroq sulh tuzilsin" kabi turli yozuvlarni ko‘tarib olgan.

Namoyishchilarning ba’zilari AQSH va Buyuk Britaniyaning Yamandagi husiy guruhlarga qarshi so‘nggi zarbalariga norozilik sifatida "Qo‘lingizni Yamandan torting" kabi shiorlarni ko‘targan.

Norozilik namoyishida ishtirok etayotgan Hanna ismli qizning qayd etishicha, Falastin tarafdorlari sifatida norozilik namoyishlarida to‘planish va hukumatlar bo‘lmasa ham dunyo Falastin bilan ekanligini ko‘rsatishni o‘zining burchi deb bilishini aytgan.

“Atrofga nazar tashlasangiz, har xil yoshdagi, turli millat va turli qatlam vakillari bir joyga to‘plangan va bizning burchimiz falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘zlarini unutilgandek his qilishlari mumkin bo‘lsa-da, lekin ular unutilmaganligini ko‘rsatishdir. Biz hammamiz ular bilan birgamiz", degan u.

Unga ko‘ra, falastinliklarga tajovuzlar 7 oktyabrdan boshlanmagan.

“Begunoh odamlarning o‘ldirilishi 7 oktyabrda boshlanmagan, bu undan ancha oldin urchigan”, deya qo‘shimcha qilgan Hanna.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 yanvar kuni Ispaniya Yoshlar va bolalar vaziri Sira Rego boshchiligida minglab odamlar Madridda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

London namoyish G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing