Kurs UZS

USD

12 973.31

12.93

EUR

14 329.02

176.29

RUB

151.19

-0.73

Dunyodagi ilk robot ot taqdim etildi (video)

Texnologiya

image

Kawasaki kompaniyasi Osaka Kansai Expo ko‘rgazmasida tog‘li va notekis hududlarda harakatlanish uchun mo‘ljallangan Corleo nomli robotlashtirilgan moto-otning konseptual modelini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, Corleo har bir oyog‘ining harakatini ta’minlovchi elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun 150 kubli vodorod dvigateli bilan jihozlangan. Boshqaruvni ichki sun’iy intellektga ega bort kompyuteri amalga oshiradi – u muvozanat va foydalanuvchi xavfsizligini ta’minlash uchun fazodagi holatni tahlil qiladi.

Robot ot har qanday relefda, jumladan tog‘li va qorli hududlarda harakatlana oladi. U turli yuzalarga moslasha oluvchi maxsus tuzilgan tuyoqlar va vodorod miqdori, yo‘l yo‘nalishi va boshqa parametrlarni ko‘rsatadigan boshqaruv paneli bilan jihozlangan. Tungi harakat uchun robot yo‘l belgilari proyeksiyasi orqali optimal harakatni ta’minlaydi.

Corleo’ning orqa oyoqlari old oyoqlardan mustaqil harakatlana oladi, bu yurish yoki yugurishda zarbalarni yumshatishga va barqarorlikni saqlashga yordam beradi. Foydalanuvchi transport vositasini tana og‘irligini siljitish orqali boshqaradi, uzangi uzunligi esa qulaylik uchun sozlanadi.

Hozircha robot ot faqat konseptual transport vositasi hisoblanadi. Kawasaki bunday transport vositalarini ommaviy ishlab chiqarishni faqat 2050 yilda boshlashni rejalashtirmoqda. Tijorat versiyasining narxi hozircha oshkor etilmagan. Ishlab chiqaruvchilar bu qurilma shaxsiy transportning yangi toifasiga aylanib, ilgari yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarga xavfsiz sayohat qilish imkonini beradi, deb ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla kompaniyasining bosh direktori va milliarder Ilon Mask yil oxirigacha 5 mingta Optimus robotlari ishlab chiqarilishini va ulardan iborat armiya tuzilishini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

robot Kawasaki robot ot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing