Dunyodagi eng keksa panda vafot etdi 

Bu qiziq

image

Dunyoning eng keksa ulkan pandasi Sin Sin Xitoyning Chunsin shahridagi hayvonot bog‘ida vafot etdi. Bu haqda "The New York Post"ga asoslanib xabar berilgan. 

Manbaga ko‘ra, Sin Sin 38 yoshda bo‘lgan. U ko‘plab organlar etishmovchiligidan vafot etgan. Inson me’yorlariga ko‘ra, hayvon 130 yoshida vafot etgan.

Panda 1982 yilning yozida Xitoyning Baosin shahridagi qo‘riqxonada tug‘ilgan. Sin Sin "qahramon ona" sifatida tanilgan: u butun hayoti davomida 36 pandani dunyoga keltirgan.

2017 yilda esa Xitoyning Futszyan provinsiyasidagi hayvonot bog‘ida ulkan panda Basa vafot etgan. U 37 yoshda bo‘lgan va ushbu turning eng keksa a’zosi hisoblangan. Xitoyda pandani tantanali dafn etish marosimi o‘tkazilib, unda yuzlab odamlar ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

panda

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing