Dunyodagi eng katta timsoh nobud bo‘ldi
Bu qiziq
−
03 noyabr
52254Kecha, 2 noyabr kuni Avstraliyada dunyodagi eng katta timsoh nobud bo‘ldi. Bu haqda SNN xabar berdi.
Timsohning laqabi Kassius bo‘lib, u 1987 yildan beri hayvonot bog‘ida yashab, 2010 yilgacha o‘sishda davom etgan.
Tuzli suv timsohining uzunligi 5,48 metr, og‘irligi bir tonnaga yaqin edi. U taxminan 110 yil yashagan. Timsoh Shimoliy hududda ushlangan, u dehqonlarning chorva mollarini ovlagan, motorli qayiqlarga hujum qilgan va bir vaqtning o‘zida oldingi chap panjasining bir qismini, tumshug‘ining bir bo‘lagini va dumining uchini yo‘qotgan.
Zoologlarning fikriga ko‘ra, u odatda yovvoyi tabiatda yashaydigan bunday timsohlarga qaraganda ancha uzoqroq yashagan. Uning sog‘ligi 5 oktyabrda yomonlasha boshlagan.
“Kascius faqat timsoh emas, u bizning oilamiz a’zosi edi va hayvonot bog‘i egasi Jorjning 37 yil davomida ajoyib do‘sti hisoblangan”, degan hayvonot bog‘i rasmiylari.
Kvinslend sayyohlik shahri – Kerns yaqinidagi Yashil orolda joylashgan Marineland Melanesia Crocodile Habitat tashkilotining xabariga ko‘ra, u juda keksa edi va yovvoyi timsoh shuncha yildan keyin ham yashaydi, deb taxmin qilingan. Ammo u nobud bo‘lgan.
“Kasciusni juda sog‘inamiz, lekin bizning sevgimiz va u haqidagi xotiralarimiz qalbimizda abadiy qoladi”, deyilgan tashkilot xabarida.
Kascius dunyodagi eng katta timsoh sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Ginnes ma’lumotlariga ko‘ra, u 2013 yilda uzunligi 6,17 m (20 fut 3 dyuym) bo‘lgan Filippin timsoh Lolong'ning o‘limidan keyin ushbu unvonga sazovor bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning Shampan shahridagi Bluewater Lakes baliq ovlash ko‘lida Sabzi laqabli ulkan sazan baliq nobud bo‘lgandi. Baliqning aniq yoshi sir bo‘lib qolsada, ko‘plab mutaxassislar u taxminan 20 yil yashagan va qarilikdan vafot etgan deb hisoblaydi. Oltin baliq o‘z ko‘li yoniga dafn qilingan va u yerda baliq xotirasi uchun yodgorlik taxtasi o‘rnatilgandi.
LiveBarchasi