Dunyodagi eng katta oilaning boshlig‘i vafot etdi 

Olam

image

Dunyodagi eng katta oilaning boshlig‘i — Ziona ismli erkak 76 yoshida Hindiston sharqidagi Mizoram shtatida vafot etdi. Bu haqda CNN xabar qilmoqda.  

“Shoshilinch guruhimiz uni jonlantirishga behuda harakat qildi. 45 daqiqa uringanimiz foyda bermadi”, degan erkak vafot etgan shifoxona direktori Lalrintluanga Jaxau.

Ziona joriy yilning 13 iyun kuni vafot etgan. Ta’kidlanishicha, Zionaning (uning faqat ismi bo‘lgan, familiyasi bo‘lmagan) 38 ta ayoldan 89 ta farzandi bo‘lgan. Shtat Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, Zionaning o‘z xotinlariga rasman uylangan-uylanmagani aniq emas. Faqatgina u 17 yoshida ilk bor uylangani ma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

oila erkak

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing