“Dunyodagi eng adolatli sudya” xastalikka chalindi
Olam
−
17 dekabr 2023 16227 1 daqiqa
Joriy yilning 6 dekabr kuni "Dunyodagi eng adolatli sudya" deya e’tirof etiladigan Frenk Kaprio saraton kasalligiga chalinganini e’lon qildi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirgan videoda ma’lum qildi.
Yaqinda nafaqaga chiqqan 87 yoshli qariya videoda o‘zining tug‘ilgan kunini qisqacha eslatib o‘tganidan so‘ng, unga "oshqozon osti bezi saratoni tashxisi qo‘yilganini" ma’lum qildi.
Frenk Kaprio tibbiy ko‘rikdan o‘tgani va natijalar ijobiy chiqmaganini bildirgan.
"Yaqinda o‘zimni yaxshi his qilmay tibbiy ko‘rikdan o‘tdim, afsuski natijalar yaxshi emas", degan Frenk Kaprio.
U Rod-Aylend va Massachusets shtatlarida davolanayotganini qo‘shimcha qilgan.
"Men duo qilamanki, Xudo shifokorlarning harakatlarida va muolajalarida ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsin. Men o‘z oldimda uzoq yo‘l turganini bilaman va imkon qadar kurashishga tayyorman", deya qo‘shimcha qilgan u.
So‘zini yakunlar ekan, sudya unga yaxshi tilaklar bildirayotgan barchaga minnatdorlik bildirib, insonlardan uning uchun duo qilishlarini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Frenk Kaprio o‘zbekistonlik talabani so‘roq qilgan edi.
Live
Barchasi