Dunyoda Samarqand kabi tarixan muhim rol o‘ynagan shaharlar kam – Rubio

Jamiyat

−

image

Bugun, 19 oktyabr kuni O‘zbekistongda bo‘lib turgan AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqanddagi Registon maydonida jurnalistlar oldida chiqish qildi va dunyoda Samarqand kabi tarixan muhim rol o‘ynagan shaharlar kamligini aytib o‘tdi.

“Yer yuzida Samarqand kabi global savdoda tarixan muhim rol o‘ynagan joylar kamdan-kam uchraydi. Bugun bu yerda bo‘lib, nafaqat tarixni yodga olish, balki kelajak uchun imkoniyatlar haqida fikr yuritish men uchun sharafdir”, deydi Rubio.

AQSH Davlat kotibi mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish rejalari haqida ham so‘z ochgan. Uning ma’lum qilishicha, Samarqandda qariyb 300 ta Amerika kompaniyasi vakillari ishtirokida muzokaralar olib borilmoqda. Tomonlar milliardlab dollarlik kelishuvlar imkoniyatini muhokama qilyapti.

Bundan tashqari, Marko Rubio AQSH kompaniyalari O‘zbekistonda biznes yuritishga qiziqish bildirayotganini, tashrif yakunida yangi kelishuvlar e’lon qilinishi mumkinligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida o‘tkazilgan biznes tadbirlari doirasida savdo, investitsiya va texnologik hamkorlik sohasida umumiy qiymati 12 milliard AQSH dollarini tashkil etuvchi 54 ta shartnomadan iborat paket imzolangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing