Dunyoda koronavirusga chalinish bo‘yicha antirekord yana yangilandi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) so‘nggi bir hafta ichida dunyoda koronavirus bilan kasallanish holatlari rekord darajada ko‘payganini ma’lum qildi. 

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu vaqt mobaynida kasallar soni yana 4,3 millionga ko‘paygan.

7-13 dekabr kunlari dunyo bo‘ylab 4 mln 329 ming 927 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan va COVID-19 asoratlari oqibatida yana 75 ming 38 nafar bemor vafot etgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri dunyoda aniqlangan koronavirus holatlarining umumiy soni 73 milliondan oshgan, 1,6 million kishi vafot etgan. 

Infeksiya yuqtirish holati bo‘yicha AQSH 17 mln 143 ming 779 nafar kasal bilan dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Hindiston (9 mln 932 ming 908), uchinchi o‘rinda Braziliya (6 mln 974 ming 258) qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

508

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing