Dunyoda koronavirusga chalinganlar 36 milliondan oshdi

Olam

image

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 36 milliondan oshdi. Worldometers’ning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar 36 million 396 118nafarni tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan sog‘ayganlar esa 27 million 416 262kishiga yetgan. Bemorlarning 1 million 60 469 nafari vafot etgan.

Kasallanish holatlari bo‘yicha yuqori o‘rinda AQSH bormoqda. Mamlakatda 7 million 776 224 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 216 784 nafari vafot etgan. 4 million 983 380 kishi sog‘aygan. 

Keyingi o‘rinda esa Hindiston turibdi. Hind diyorida 6 million 835 655 kishi ushbu xavfli virusni yuqtirib olgan. Bemorlarning 105 554 nafari vafot etgan, 5 million 827 704 kishi ushbu virusdan sog‘aygan.

Uchinchi o‘rinni Braziliya egallamoqda. Mamlakatda ushbu virusni yuqtirib olganlar 5 million 2 357 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 148 304 nafari vafot etgan. Jami 4 million 391 424 kishi sog‘aygan. 

To‘rtinchi o‘rinni Rossiya egallamoqda. Mamlakatda 1 million 248 619 kishi koronavirus yuqtirgan. Ularning 21 865 nafari vafot etdi, 995 275 nafari sog‘aydi.

Beshinchi o‘rinda borayotgan Kolumbiyada 877 683 kishi koronavirus yuqtirib olgan. Bemorlarning 27 180 nafari vafot etgan, 773 973 bemor sog‘aygan. 

Yevropa mamlakatlari orasida yuqori o‘ntalikka kirgan birinchi mamlakat Ispaniya. Bu yerda 872 276 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 32 562 nafari vafot etgan. Sog‘aygan bemorlar haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas.

Yettinchi o‘rinda Argentina bormoqda. Ushbu virusga chalinganlar 840 915 kishini tashkil etmoqda. Ularning 22 226 nafari vafot etgan, 670 725 kishi sog‘aygan.

Undan keyingi o‘rinni Peru egallamoqda. Ushbu mamlakatda 835 662 koronavirus yuqtirib olgan. Bulardan 33 009 nafari vafot etgan, 723 606 nafar sog‘aygan. 

To‘qqizinchi o‘rinni Meksika egallagan. Ushbu mamlakatda 799 188 kishi koronavirusni yuqtirgan. Mamlakat koronavirus yuqtirilishi bo‘yicha dunyoda 9-o‘rinda borayotgan bo‘lsa-da, o‘lim holatlari bo‘yicha 4-o‘ringa chiqib olgan. Meksikada 82 726 kishi ushbu xavfli virusdan vafot etgan. Bemorlarning 560 895 nafar sog‘aygan.

10-o‘rinni esa Janubiy Afrika Respublikasi egallamoqda. Mamlakatda 685 155 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 17 248 nafari vafot etgan, 618 127 kishi sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus pandemiya

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing