Dunyoda koronavirus yuqtirish va sog‘ayish bo‘yicha rekord yangilandi
Olam
−
21 may 2020
12680Dunyoda koronavirusga chalinganlar va undan sog‘ayganlar soni yangi dovonni oshib o‘tdi. Bugun, 21 may holatiga COVID-19 bilan kasallanganlar 5 087 859 nafarga yetdi. Sog‘ayganlar esa 2 milliondan oshib ketdi.
Virusning tarqalishi bo‘yicha dastlabki o‘nlikka AQSH (1 591 991 nafar), Rossiya (308 705), Braziliya (293 357), Ispaniya (279 524), Buyuk Britaniya (248 293), Italiya (227 364), Fransiya (181 575), Germaniya (178 531), Turkiya (152 587) va Eron (126 949) kirgan. Bulardan tashqari, Hindiston va Peruda ham koronaviurs yuqtirganlar 100 mingdan oshgan. Mos ravishda 112 028 ta va 104 020 ta koronavirus holati aniqlangan.
Bugungacha ushbu infeksiyaga chalingan bemorlarning 329 768 nafari vafot etgan. Qurbonlar soni bo‘yicha AQSH (94 994 nafar qurbon), Buyuk Britaniya (35 704), Italiya (32 330), Fransiya (28 132), Ispaniya (27 888), Braziliya (18 894), Belgiya (9150), Germaniya (8270), Eron (7183) va Meksika (6090) yetakchilik qilyapti.
Jami bemorlarning 2 022 727 nafar sog‘aygan. Bemorlarning sog‘ayishi bo‘yicha yetakchi davlatlar qatoriga AQSH (370 076 nafar bemor sog‘aygan), Ispaniya (196 958), Germaniya (156 900), Italiya (132 282), Braziliya (116 683), Turkiya (113 987), Eron (98 808), Rossiya (85 392), Xitoy (78 249) va Fransiya (63 354) kirgan.
Ayni vaqtda 2 735 364 kishi koronavirusdan davolanyapti. Ularning 45 802 nafari yoki 2 foizi og‘ir ahvolda qolyapti.
Dunyoda 3 mlnga yaqin koronavirus bemori bo‘lishiga qaramay, davlatlar karantindan chiqib, iqtisodiyotni tiklash harakatini boshlab yubordi. Uzoq Sharq mamlakatlari Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya allaqachon normal hayotga qaytishni boshlagan. Endilikda Rossiya, Yevropa davlatlari va AQSH karantin choralarini yumshatib, iqtisodiyotning ba’zi segmentlarining faoliyatiga ruxsat bera boshladi.
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 3 mingga yaqinlashib qoldi. Hozirgacha ularning 2372 nafar sog‘aygan va 13 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi