Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2,5 mlndan oshdi 

Olam

image

Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar soni 2 mln 519 ming 488 kishiga yetdi. Bu haqda "Worldometers" ma’lumotlari darak bermoqda. 

O‘lim soni bo‘yicha birinchi o‘rinda AQSH bormoqda. Mamlakatda 520 ming 785 kishi koronavirusdan vafot etgan. 

Ikkinchi o‘rinda Braziliya qayd etilgan. Mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 251 ming 661 taga yetgan. 

Meksika 183 ming 692 nafar qurboni bilan koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda bormoqda. 

Undan keyingi o‘rinlarda Hindiston, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya va Rossiya qayd etilgan. 

Umuman olganda dunyoda 113 mln 559 ming 538 kishi koronavirus yuqtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing