Dunyoda kasallanganlar 11 milliondan oshdi: Yevropa mamlakatlari aldam-qaldamga o‘tdi

Olam

image

O‘tgan bir hafta ichida dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar yana bir millionga ortib, 11 million 89 137 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni ham sezilarli darajada ortib, 5 million 889 330 nafarni tashkil etmoqda. O‘lim holatlari esa 525 400 taga o‘tgan. 

28 iyun holatiga ko‘ra ko‘rsatkichlar quyidagicha edi: 

•    kasallanish –10 million 001 527;
•    sog‘ayish –  5 065 869;
•    o‘lim – 499 124.

O‘tgan haftadagiga solishtirsak kasallanish 9,8 foizga, sog‘ayish esa 13,9 foizga, o‘lim ko‘rsatkichi esa 5 foizga ortgan. 

Kasallanish bo‘yicha birinchilikni AQSH qo‘ldan bermay kelyapti. Mamlakatda kasallanish holatlarni 2 million 795 163 tani tashkil etmoqda. Bemorlarning 790 404 nafari sog‘aygan, 129 437 nafari vafot etgan. 

Ikkinchi o‘rinda esa okean ortidan Braziliyani ko‘rish mumkin. Mamlakatda 1 million 539 081 kishi koronavirusga chalingan, 984 615 kishi kasallikdan butkul forig‘ bo‘lgan. 61 884 kishi esa vafot etgan. 

Keyinga o‘ringa esa allaqachon dunyoning ikkinchi ustuni Rossiya chiqib olgan. Rus xalqining 673 564 nafari koronavirusga chalingan. Ulardan 446 127 nafari sog‘aygan, 10 011 kishi vafot etgan. 

To‘rtinchi o‘rinda Hindiston turibdi. Hind diyorida 648 315 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 394 227 nafari sog‘aygan, 18 655 nafari qurbon bo‘lgan. 

O‘tgan bir hafta davomida Peru kasallanish bo‘yicha Buyuk Britaniyaning o‘rniga chiqib oldi. Peruda ham vaziyat jiddiy. Shu sabab u kasallik tarqalishi bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni egallab oldi. Mamlakatda 295 599 kishi koronavirusga chalingan bo‘lsa, ulardan 185 852 nafari sog‘aygan. Vafot etganlar esa 10 226 nafarga yetgan. 

Chilida ham kasallanish holati yuqorilagan va u ham bir pog‘ona sakrab 6-o‘ringa chiqib olgan. Ushbu mamlakatda 288 089 kishi koronavirusdan og‘rigan bo‘lsa, 253 343 kishi kasallikni ortda qoldirgan. Bemorlarning 6 051 nafari vafot etgan. 

Sog‘ayish bo‘yicha eng oxirgi o‘rinlarda borayotgan Buyuk Britaniyada esa kasallanganlar 285 788 nafarga yetgani ko‘rsatilmoqda. Ularning bor-yo‘g‘i 1 375 nafari sog‘aydi, 44 216 nafari halok bo‘ldi. Biroq, o‘tgan haftadagi ma’lumotlar bu haftadagisi bilan keskin farq qilmoqda. O‘tgan hafta Buyuk Britaniyada kasallanish holatlar 311 727 taga yetgani tasdiqlangan edi. Demokratiyada ustunlikka intiluvchi mamlakat koronavirus bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni haspo‘shlayotgan ko‘rinadi. 

Ispaniya 8-o‘rinda turibdi. Mamlakatda kasallanish bo‘yicha raqamlar 250 545 ni ko‘rsatmoqda. Bemorlarning 150 376 nafari sog‘aygan, 28 385 nafari vafot etgan.

Meksika ham ikki o‘rinni sakrab o‘tib, 9-o‘ringa chiqib oldi. Mamlakatda 245 251 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 189 345 nafari sog‘aygan, 29 843 kishi vafot etgan.

10-o‘rinda esa Italiya bormoqda. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar 241 184 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 191 467 nafari sog‘aygan, 34 833 kishi vafot etgan. 

Keyingi o‘nlikni Eron boshlab beradi. Mamlakatda 235 429 kishi kasallangan. Bemorlarning 196 446 nafari sog‘aygan, 11 260 kishi vafot etgan.

Pokistonda esa 225 283 kishi koronavirusdan og‘rigan. Ularning 125 094 nafari sog‘aydi, 4 619 nafari qurbon bo‘ldi. 

Fransiyada esa koronavirusga chalingan 204 222 nafar bemor aniqlangan. Ularning 77 185 nafari sog‘aydi, 29 896 nafari vafot etdi. Shuni ta’kidlash o‘rinliki, o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda Fransiyada sog‘ayganlar soni oshganini emas, balki kamayganini ko‘rish mumkin. O‘tgan haftadagi hisobotlarda Fransiyada sog‘ayganlar soni 75 773 ta deb ko‘rsatilgandi. 

Keyingi o‘rinda esa Turkiya turibdi. Mamlakatda 203 456 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 178 278 nafari sog‘aygan, 5 186 nafari vafot etgan.

15-o‘rinni esa Saudiya Arabistoni egallamoqda. Mamlakatda 201 801 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ularning 140 614 nafari sog‘aygan. Bemorlarning 1 802 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

242

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing