Dunyoda qancha yadroviy qurol borligi aytildi
Olam
−
01 avgust 2022
300282022 yil boshiga ko‘ra, dunyoning to‘qqizta davlatidagi yadro arsenalida 12,7 mingta yadro quroli bor. Bu haqda Amerika olimlari federatsiyasi tomonidan e’lon qilingan yangi tadqiqotda aytilgan.
“Sovuq urush davridan beri yadro arsenallarini qisqartirish bo‘yicha erishilgan yutuqlarga qaramay, yadro kallaklarining global zaxirasi juda yuqori darajada qolmoqda. 2022 yil boshida to‘qqizta davlatda 12 700 dan ortiq kallak bor edi”, deyiladi hisobotda.
Barcha yadroviy kallaklarning taxminan 90 foizi Rossiya va AQSHga tegishli bo‘lib, ularning har birida besh mingdan ortiq yadroviy qurol mavjud.
“Boshqa hech bir yadroviy davlat milliy xavfsizligini ta’minlash uchun bir necha yuzdan ortiq yadro quroliga ehtiyoj sezmaydi”, deyiladi hisobotda.
Joylashtirilgan, saqlangan va utilizatsiya qilinishi kutilayotgan yadro kallaklarini hisobga olgan holda, to‘qqizta davlatda quyidagi miqdorda yadro quroli mavjud:
• Rossiya – 5977;
• AQSH – 5428;
• Xitoy – 350;
• Fransiya – 290;
• Buyuk Britaniya – 225;
• Pokiston – 165;
• Hindiston – 160;
• Isroil – 90;
• Shimoliy Koreya – 20 ta.
Tarixiy nuqtai nazardan, Sovuq urush davridan beri dunyodagi yadro qurollari soni sezilarli darajada kamaygan. Xususan, 1986 yilda dunyoda 70 300 ta yadro quroli bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yil boshida ulardan taxminan 13 000 ta qolgan.
LiveBarchasi