Dunyoda ilk bor bir vaqtning o‘zida ikki transplantatsiya amalga oshirildi

Salomatlik

−

image

Yaponiyalik mutaxassislar dunyoda birinchi marta tirik donorlardan ikkala o‘pka va jigar qismlarini bir vaqtda transplantatsiya qilishdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, bemor 10 yoshli bolada tug‘ma diskeratoz - murakkab irsiy kasallik bo‘lib, uning belgilari suyak iligi yetishmovchiligi va xavfli kasalliklarning rivojlanish tendensiyasidir. O‘pkaning o‘ng va chap qismini bergan donorlar bolaning ota-onasi bo‘lgan. Shuningdek, jigarning bir qismi bolaning bobosidan o‘tkazilgan.

Operatsiya o‘tgan yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgani aytilmoqda. U 18 soat davom etgan va muvaffaqiyatli deb topilgan. Unda 30 dan ortiq turli tibbiyot mutaxassislari ishtirok etgan.

“Shundan so‘ng bola uzoq reabilitatsiya kursidan o‘tdi. U shu yilning mart oyi boshida shifoxonadan chiqarilgan. Uning qarindoshlari ham allaqachon o‘zlarini normal his qilmoqdalar va shifokorlarning nazoratiga muhtoj emas”, deyiladi xabarda.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing