Dunyoda faqat ikkita lider qoldi: men va Putin – Erdo‘g‘an

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an dunyoda faqat ikkita lider qolgan deb hisobladi. Bu haqda Turkiya yetakchisi Gaziantep viloyatida yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Hozirda dunyoda faqat ikkita lider qoldi – men va Vladimir Putin. Mening 22 yildan beri hokimiyatdaman. Janob Putinniki ham deyarli shunday. Qolganlarning hammasi ketdi. Men buni siyosatni davom ettirish nuqtai nazaridan kelib chiqib aytyapman”, degan Erdo‘g‘an.

Qolaversa, u 16 yil lavozimda bo‘lgan Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkelning iste’foga chiqishi bilan “Germaniyada ham siyosat tugagani”ni aytdi.

Turkiya yetakchisi, shuningdek, Merkeldan oldingi 1998-2005 yillarda Germaniya kansleri bo‘lgan Gerxard Shryoderga hurmati cheksizligini bildirgan. Erdo‘g‘an Shryoderning turk xalqi va madaniyatiga alohida hurmat ko‘rsatganini ham eslab o‘tgan. Xususan, Turkiya yetakchisi Ramazon oyida Germaniya hukumatining sobiq rahbari u bilan bir dasturxonda pivo ichmagani, uning islom urf-odatlariga hurmatini namoyon etganini aytgan. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, ular o‘rtasidagi muloqot davom etmoqda va Shryoder vaqti-vaqti bilan Turkiyaga borib turadi.

Rajab Toyib Erdo‘g‘an, shuningdek, Gerxard Shryoderning Germaniya siyosatida kuchli mavqega ega ekanligini ta’kidlab, Turkiyaning ichki siyosiy hayotida ham shunga o‘xshash shaxslar paydo bo‘lishiga umid bildirgan.

Ma’lumot uchun, Putin 2000 yildan beri Rossiya yetakchisi sanaladi. 2008-2012 yillarda u Dmitriy Medvedev rahbarligida bosh vazir bo‘lgan. 2024 yil mart oyida Putin beshinchi muddatga, 2030 yilgacha saylangan.

Erdo‘g‘an esa 2003-2014 yillarda Turkiya bosh vaziri bo‘lgan. 2014 yildan buyon esa mamlakat rahbari sanaladi. 2023 yilda u uchinchi muddatga, 2028 yilgacha prezidentlikka saylangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazib, Suriyadagi vaziyatni muhokama qilgandi. Erdo‘g‘an muloqot davomida Suriyaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini va Damashq siyosiy qarorga muhtojligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing