Dunyoda eng adolatli sudya nomi bilan tanilgan Frenk Kaprio o‘zbekistonlik talabani so‘roq qildi

Jamiyat

image

AQSHda asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Muhammadobidbek Obidjonov ismli yigit mashinasini belgilanmagan joyga qo‘ygani uchun jarimaga tortildi. Uning ishini dunyoda eng adolatli sudya nomi bilan tanilgan Frenk Kaprio ko‘rib chiqqani aks etgan video tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Muhammadobidbek Obidjonov mashinasini belgilanmagan joyga qo‘ygani uchun 35 dollar miqdorida jarimaga tortilgan. Yigit esa bunga shikoyat bildirgan. Uning ishini sudya Frenk Kaprio ko‘rib qiqqan.

Sudyaga yigit ko‘chib kelishidan oldin unga mashinasini o‘sha yerga qo‘yish mumkinligini aytishganini bildirgan. Shuningdek, u boshqa mashinalar ham shunday turganini aytgan. 

Shundan so‘ng, sudya uning jarimalarini qisqartirib bergan.

Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Muhammadobidbek Obidjonov Rossiyada professional futbol bilan shug‘ullangan. U hozirda AQSHda sport menejmenti yo‘nalishida tahsil olmoqda.

U sudyaning O‘zbekiston bilan AQSHning qanday farqi bor degan savoliga asli o‘zbekistonlik bo‘lsada, hech qachon yashamaganini aytgan.

Ma’lumot uchun, Frenk Kaprio amerikalik advokat, siyosatchi va huquqshunos bo‘lib, 1936 yilda tug‘ilgan. U Rod-Aylend shtatidagi Providens shahrining bosh sudyasi. Uning sud faoliyati televideniyeda "Caught in Providence" dasturida namoyish etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing