Dunyoda antisemitizm kuchayib boryapti – BMT Bosh kotibi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yaqin Sharqda mojaro avj olgan bir paytda dunyoda antisemitizm va musulmonlarga qarshi kayfiyat kuchayib borayotganidan xavotirda. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida o‘z pozitsiyasini bildirdi.

"Men antisemitizm va islomga qarshi toqatsizlik kuchayib borayotganidan chuqur xavotirdaman. Yaqin Sharqdagi iztiroblar ko‘ngilni ranjitadi va qalbni ezadi. Ammo nafratli ritorika va provokatsion harakatlarga chek qo‘yilishi kerak", degan Guterrish.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi, mojaroga qaramay, "umumiy insoniyatni saqlash" zarurligini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, Guterrish Falastin-Isroil mojarosining kengayish xavfidan xavotirda ekanini aytib, uning kuchayishini to‘xtatishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Bosh kotibi antisemitizm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing