Dunyo yetakchilari Isroil-Falastin masalasini hal qilish uchun Qohirada yig‘iladi 

Olam

image

Joriy yilning 21 oktyabr kuni Misr poytaxti Qohirada Falastin masalasi bo‘yicha xalqaro sammit bo‘lib o‘tadi. Bu haqda manbalariga tayanib, “Al-Qahera al-Ihbariya” telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Qatar, Turkiya, Gretsiya, Falastin, BAA, Bahrayn, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Iroq, Italiya va Kipr rahbarlari sammitda ishtirok etishi tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 oktyabr kuni Iordaniya poytaxti Ammanda AQSH Prezidenti Jo Bayden, Iordaniya qiroli Abdulla II, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va Falastin rahbari Mahmud Abbos ishtirokida to‘rt tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq G‘azodagi Al-Ahli shifoxonasiga uyushtirilgan raketa hujumidan so‘ng bu sammit bekor qilindi.  Misr rasmiysi esa Prezident Abdulfattoh as-Sisi shu hafta oxirida G‘azodagi urush bo‘yicha xalqaro konferensiya tashkil etayotgani va unga Bayden ham taklif qilinganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing