Dunyo “vaksinaviy aparteid” bosqichiga o‘tdi — JSST

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus dunyo “vaksinaviy aparteid” bosqichiga o‘tganini ma’lum qildi.  

“Ma’lumki, yuqori daromadli mamlakatlar dunyo aholisining 15 foizini tashkil qiladi, ammo dunyodagi vaksinalarning 45 foiziga ega. Kam va o‘rta daromadli mamlakatlar esa dunyo aholisining deyarli yarmini tashkil qiladi, ammo ularga vaksinalarning atigi 17 foizi to‘g‘ri keladi. Bo‘shliq haqiqatan ham katta”, degan JSST rahbari Parij tinchlik forumi tomonidan o‘tkazilgan onlayn-munozarada.

Bundan bir necha kun avval esa JSST aholini emlash darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarni bolalarni COVID-19 ga qarshi emlamaslikka, birinchi navbatda dozalarini kambag‘al mamlakatlar bilan bo‘lishishga chaqirgan.

AQSH bu chaqiriqqa javob berib ulgurdi: kecha, 17 may kuni Bayden Amerika 80 million doza yoki umumiy zaxiraning 13 foizi bo‘lgan koronavirusga qarshi vaksinalarni bo‘lishishini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, qolgan zaxira barcha katta yoshdagi amerikaliklarni emlash uchun yetarli. 

Avvalroq, Gebreyesus COVID-19 pandemiyasining ikkinchi yilida birinchisiga qaraganda ko‘proq o‘lim holati kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing