Dunyo tarixdagi eng xavfli lahzada – Tramp 

Olam

image

Hozirgi Amerika rahbariyati dunyoda hurmat qilinmaydi va undan qo‘rqilmaydi, bu esa butun tarixdagi eng xavfli lahzaga olib keldi. Bu haqda
AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp ta’kidladi.

“Hozirda, mening fikrimcha, mamlakatimiz tarixidagi eng xavfli davr. Bizning dunyomiz hech qachon bunday xavf ostida bo‘lmagan”, degan Tramp har yili o‘tkaziladigan Heritage Foundation tadbirida.

Siyosatchining fikricha, zamonaviy qurollarning ulkan kuchi tufayli dunyo xavf ostida qolgan. 

“Qurollar hozir hech qachon ko‘rilmagan darajaga yetib kelgan. Ular bizda bor, ular boshqalarda bor. Lekin ilgari bunday narsa bo‘lmagan”, deydi u. 

AQSH sobiq Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uning boshqaruvi ostida Rossiyada Ukrainaga hujum qilishga “zarracha ham imkoniyat” bo‘lmagan.

“Xitoy endi bizni hurmat qilmaydi, Eron endi bizdan qo‘rqmaydi. Va Ukrainaga dahshatli bostirib kirishi bilan Rossiya bizning rahbarlarimizni qanchalik zaif deb bilishini ko‘rsatdi”, degan Tramp. 

Sobiq Prezident yana bir bor AQSH yadroviy kuchlarini modernizatsiya qilishda o‘z ma’muriyatiga ishongan. 

“Hozir “yadro” so‘zi konfet kabi uloqtiriladi. Bunday qilib bo‘lmaydi. Bu uloqtiriladigan so‘z emas. Hech qachon bu haqda gapirilmagan, muhokama qilinmagan. Hech kim bu haqda gapirishni xohlamagan. Juda katta, juda halokatli muammo”, deya qo‘shimcha qilgan Tramp.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp

Baholaganlar

1027

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing