Dunyo tanigan dzyudochilar Toshkentda bellashadi

Sport

image

3-5 mart kunlari Toshkentda o‘tadigan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasida ishtirok etuvchi davlatlar soni ortib bormoqda. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bugungi kunga kelib, 46 mamlakatdan 279 nafar sportchi musobaqada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan. Turnirda o‘z imkoniyatini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan sportchilardan talabnomalar kelishda davom etmoqda.

Bellashuvlarda quyidagi mashhur dzyudochilar qatnashadi:

Avstriya: Shamil Borchashvili (-81 kg, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi) va Mixaela Pollers (-70 kg, Tokio-2020 Olimpiadasi kumush medali sohibi);

Xorvatiya: Barbara Matich (-70 kg, 2 karra Jahon chempioni);

Kuba: Endi Granda (+100 kg, amaldagi Jahon chempioni);

Vengriya: Kristian Tos (-90 kg, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi va Jahon chempioni);

Portugaliya: Jorj Fonseka (-100 kg, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi va 2 karra jahon chempioni);

Serbiya: Nemanya Maydov (-90 kg, Jahon chempioni).


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing