Dunyo Rossiya, Xitoy va AQSH o‘rtasida qanday bo‘linishi mumkin?
Olam
−
14 aprel
9281Rossiya, AQSH va Xitoy yetakchilari – Vladimir Putin, Donald Tramp va Si Szinpin sayyorani qanday ta’sir doiralariga bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadigan jahon xaritasiga ko‘ra, Grenlandiya va Kanada Qo‘shma Shtatlarga qaram bo‘ladi va Rossiya barcha Yevropa mamlakatlari va Turkiyani bo‘ysundiradi. Bu haqda xarita muallifi bo‘lgan “Newsweek” jurnalining o‘zi xabar berdi.
Xitoy esa Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaponiya, Hindiston va Pokiston ustidan nazorat o‘rnatishga intiladi. Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR rahbarlari o‘rtasidagi 1945 yildagi Yalta konferensiyasini eslatadi, bu “Yevropaning bo‘linishidan oldin” bo‘lib o‘tdi, nashriyot Yevropa Kengashining Tashqi aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Vessela Chernevaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina kelajagini Ukrainasiz hal qilish “Yevropa kelajagini ham Yevropasiz hal qilishdir”. Angliyaning Birmingem universiteti xalqaro xavfsizlik professori Stefan Volfning aytishicha, AQSHning amaldagi Prezidenti tushunadigan dunyo, uning fikricha, buyuk davlatlar o‘zlari aralashmaydigan ta’sir doiralarini bo‘lishadigan dunyodir.
“Ehtimol, biz super kuchlar dunyoni o‘zaro – Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida bo‘lishayotganini ko‘ramiz va Rossiya bilan nima sodir bo‘ladi, u mustaqil o‘yinchiga aylanadimi yoki Xitoyga yanada qaram bo‘ladimi, hali to‘liq aniq emas”, dedi u.
Moskvaning ta’sir doirasi, e’lon qilingan xaritadan ko‘rinib turibdiki, Yevropa, Kavkazorti va Turkiyani o‘z ichiga olishi mumkin, AQSH esa o‘z ta’sirini Shimoliy Amerika va Grenlandiyaga kengaytiradi. Yaponiya, Hindiston va Pokiston Xitoyning ta’sir doirasiga kiradi. Markaziy Osiyo esa Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi geosiyosiy raqobat zonasiga aylanishi ham mumkin. Tramp G‘arbiy yarimsharga e’tibor qaratmoqda, biroq u Xitoyning, xususan, Lotin Amerikasidagi ta’siriga duch kelishi mumkin.
2024 yilning dekabrida Tramp Grenlandiyani qo‘lga kiritish istagini e’lon qildi. Joriy yilning 4 mart kuni respublikachi Grenlandiya xalqiga murojaat qilib, ularni AQSHga qo‘shilishga taklif qildi. Tramp AQSH milliy va xalqaro xavfsizlik uchun Grenlandiyaga muhtojligini tushuntirdi. Shuningdek, u past soliqlar, harbiy himoya va savdo tariflaridan ozod bo‘lish uchun mamlakat AQSHning yangi shtatiga aylanishi kerakligini aytdi. Grenlandiya rasmiylari AQSH Prezidentining Vashingtonning orolga nisbatan siyosati haqidagi bayonotlarini qoraladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadan tomondan tahdid ortib borayotgani sababli NATO davlatlari bu xavfga yer ustida qarshi turish uchun tayyorgarlik ko‘rishga kirishgandi. Buning uchun aniq, zamonaviy, jumladan 3D formatdagi xaritalar zarur. Shu sababli Fransiya harbiylari maxsus xaritalar tuzmoqda.
LiveBarchasi
Trenddagilar


