Dunyo kelajak qanday bo‘lishini belgilaydigan tub burilish nuqtasida turibdi — Bayden 

Olam

image
0:00
0:00
download
Sahnani Rossiyaga berdik — Tramp Bayden-Putin sammiti haqida fikr bildirdi  north_east

Sahnani Rossiyaga berdik — Tramp Bayden-Putin sammiti haqida fikr bildirdi 

Dunyo kelajak qanday bo‘lishini belgilaydigan tarixiy burilish nuqtasida turibdi. Amerika rahbari bu fikrni kecha, 16 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama muzokaralar tugagandan so‘ng, Jenevadan Vashingtonga uchishdan oldin o‘z samolyoti trapida bildirgan.  

“O‘ylaymanki, so‘nggi uch-besh yilda dunyo 10 yil ichida qanday ko‘rinishini belgilaydigan tub burilish nuqtasiga keldi”, degan siyosatchi. 

Unga ko‘ra, dunyoning barcha mamlakatlari, ayniqsa, muhim kuchga ega bo‘lgan davlatlar qanday qilib barqarorlikni hamda o‘z vakolatlarini saqlab qolishni o‘ylamoqda. Baydenga ko‘ra, Amerika “yetakchi, eng qudratli va demokratik mamlakat” maqomini olishga intilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 16 iyun kuni Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Jenevada uchrashdi. Muzokaralar ikki qismdan iborat bo‘ldi: tor va kengaytirilgan tarkibda. Umuman olganda, uchrashuv taxminan 4,5 soat davom etdi. Shundan so‘ng, alohida matbuot anjumanlari bo‘lib o‘tdi: jurnalistlar bilan birinchi Rossiya rahbari, so‘ng Amerika rahbari suhbatlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden dunyo

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing