Dunyo futboli katta yo‘qotishga uchradi

Sport

image

Braziliyalik sobiq futbolchi Mario Zagallo 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda sobiq futbolchining Instagram sahifasida xabar berildi.

Zagallo futbolchilik va murabbiylik faoliyati davomida Braziliya terma jamoasi bilan to‘rt marta jahon chempioni bo‘lgan. Jumladan, u ko‘plab futbol mutaxassislari tomonidan futbol tarixidagi eng yaxshi terma jamoa sifatida e’tirof etiladigan 1970 yilgi terma jamoaga ustozlik qilgan. 

Mario Zagallo futbolchi sifatida 1958 va 1962 yillardagi jahon chempionatlarida g‘olib chiqqan. 1970 yilda terma jamoa bosh murabbiyi sifatida turnir g‘olibi bo‘lgan. Uning jamoasida Pele, Jairzino, Roberto Rivelino va Tostao kabi futbolchilar to‘p tepgan. Zagallo futbol tarixida ham futbolchi, ham murabbiy sifatida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan birinchi inson hisoblanadi. Shuningdek, 1998 yilda Zagallo terma jamoa bosh murabbiyi sifatida finalga chiqqandi, ammo o‘shanda pentakampionlar Fransiyaga mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

futbol Pele Braziliya Mario Zagallo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing