Dunyo bo‘ylab suriyaliklar Bashar Asadning qulashini nishonlamoqda (fotoreportaj)

Olam

image_2024-12-09_11-53-56

Kecha, 8 dekabr kuni erta tongdan “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhi boshchiligidagi isyonchi kuchlar Suriya poytaxti Damashqqa kirdi va mamlakat rahbari Bashar Asad rejimi ag‘darilganini e’lon qildi. Dunyoning turli shaharlarida suriyaliklar Bashar Asad  hukumatining qulashini nishonlash uchun yig‘ildi.

Xususan, Ispaniyadagi suriyaliklar hukumatning ag‘darilishini nishonlash uchun Madriddagi Suriya elchixonasi oldiga to‘plandi.

Kiprda suriyaliklar yig‘ilib, xursand kayfiyatda bayroqlarni hilpiratdi. Gretsiya poytaxti Afinadagi suriyaliklar Suriya elchixonasi oldida “inqilob bayrog‘i”ni ko‘tardi.

Gretsiya

Germaniya poytaxti Berlindagi suriyaliklar qo‘llariga “Free Syria” yozuvi tushirilgan plakatlar bilan markaziy maydonga yig‘ildi va mushaklar otib bayram qildi, politsiya esa xavfsizlikni ta’minladi. Berlin shahridagi namoyish ishtirokchilari soni 5000, Essen shahrida 11 000, Myunxenda 6000, Maynsda esa 3000 kishini tashkil qildi.

Bayram ishtirokchilaridan biri “Der Tagesspiegel” agentligiga bergan intervyusida endi Suriyaga qaytishini va mamlakatni tiklashda ishtirok etishini aytdi.

Bonn, Stokgolm va Londondagi suriyaliklar ham muxolifat bayroqlarini hilpiratib, qo‘zg‘olonchi kuchlarning g‘alabasini nishonladi. Venada suriyaliklar Avstriya parlamenti oldida yig‘ilib, prezident Bashar Asad ag‘darilganini e’lon qildi va shundan so‘ng u yerda ham bayram boshlandi.

Turkiyadagi suriyaliklar Istanbuldagi Fotih masjidida Asad hukmronligining tugashini nishonladi.

Shuningdek, Livandagi suriyaliklar Tripoli va Bayrutda bayroqlarni ko‘targan holda ko‘chalarda sayr qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Bashar Asad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing