Dunyo bo‘ylab musulmonlar Qurbon hayitini qanday nishonladi?
Olam
−
18 iyun
5654Dunyoda 1,9 milliard odam yoki Yer sayyorasi aholisining 24,1 foizi Islom diniga e’tiqod qiladi. 49 ta mamlakat aholisining katta qismini musulmonlar tashkil etadi. 17 iyun kuni Islomning eng muqaddas bayramlaridan biri – Qurbon hayiti musulmonlar tomonidan dunyo bo‘ylab keng tarzda nishonlandi. “Reuters” agentligi dunyoning turli nuqtalarida nishonlanayotgan hayit bayrami fotosuratlarini e’lon qildi.
[1/18] Pokistonning Karachi shahrida qurbonlikni so‘yishdan oldin u bilan xayrlashilmoqda, 17 iyun. (KARACHI, POKISTON)
[2/18] Falastinliklar G‘azo sektori janubidagi Xon Yunusda, Isroil havo hujumlari natijasida vayron bo‘lgan Al-Rahma masjidi vayronalari yonida Qurbon hayiti namozini o‘qimoqda, 16 iyun. (XON YUNUS, FALASTIN)
[3/16] Qo‘liga xina qo‘ygan musulmon qiz, Kot-d'Ivuar (G‘arbiy Afrika), Abidjan tumanidagi Treyxvil Avenyu 8-dagi Katta masjidda hayit namoziga borishni kutmoqda, 16 iyun. (ABIDJAN, KOT-D'IVUAR)
[4/19] Bolalar Nayrobidagi Sir Ali musulmonlar jamiyati maydonida namozdan keyin bayramni nishonlashmoqda,16 iyun. (NAYROBI, KENIYA)
[5/18] Indoneziyalik ayollar Qurbon hayiti bayramida ertalabki namozda qatnashmoqda, 17 iyun. (JAKARTA, INDONEZIYA)
[6/18] Somalilik musulmon erkak qurbonlik qilinadigan hayvonning orqasidan yugurmoqda, 17 iyun. (MOGADISHU, SOMALI)
[7/18] Musulmonlar Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan masjidda namoz o‘qishmoqda, 17 iyun. (AHMADOBOD, HINDISTON)
[8/18] Qozog‘istonning Olmaota shahrida Qurbon hayiti bayramiga bag‘ishlangan musobaqada erkak qo‘y ko‘tarib ketyapti, 16 iyun. (OLMAOTA, QOZOG‘ISTON)
[9/18] Indoneziyalik musulmonlar Qurbon hayitini nishonlash vaqtida, 17 iyun. (JAKARTA, INDONEZIYA)
[10/18] Musulmonlar Qurbon hayiti bayramida, 17 iyun. (KUALA LUMPUR, MALAYZIYA)
[11/18] Iroq aholisi Bag‘dodda Qurbon hayiti nishonlanayotgan istirohat bog‘ida sayr qilishmoqda, 16 iyun. (BAG‘DOD, IROQ)
[12/18] Nayrobidagi Huruma Jamiya masjidida o‘qilayotgan namoz va uni suratga tushirayotgan bolakay, 16 iyun. (NAYROBI, KENIYA)
[13/18] Nayrobidagi Huruma Jamiya masjidida Qurbon hayiti munosabati bilan namozga qatnashayotgan qizaloq, 16 iyun. (NAYROBI, KENIYA)
[14/18] Odamlar Qohiraning Al-Siddiq masjidi tashqarisidagi jamoat bog‘ida Qurbon hayiti namozidan so‘ng uchirilgan sharlarni tutmoqchi bo‘lishdi, 16 iyun. (QOHIRA, MISR)
[15/18] Qurbon hayiti munosabati bilan Nayrobidagi Sir Ali maydonida namoz o‘qiyotgan bola, 16 iyun. (NAYROBI, KENIYA)
[16/18] Falastinliklar G‘azo sektori janubidagi Xon Yunusda, Isroil havo hujumlari natijasida vayron bo‘lgan Al-Rahma masjidi vayronalari yonida Qurbon hayiti namozini o‘qimoqda, 16 iyun. (XON YUNUS, FALASTIN)
[17/18] Musulmonlar Dakkadagi Qurbon hayiti namozida qatnashish uchun Baytul-Mukarram milliy masjidiga kelishdi, 17 iyun. (DAKKA, BANGLADESH)
[18/18] Indoneziyalik musulmonlar Meulaboh shahridagi Qurbon hayitini nishonlash paytida Baytul Makmur masjidida ommaviy namoz o‘qishmoqda, 17 iyun. (MEULABO, INDONEZIYA)