Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 80 mlndan oshdi

Olam

image

“Worldometers” ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 80 million 717 858 nafardan oshdi. 

Eng ko‘p koronavirusga chalinish holatlari AQSH (19,4 mln), Hindiston (10,1 mln), Braziliya (7,4 mln), Rossiya ( 3 mln), Fransiya (2,5 mln), Buyuk Britaniya (2,2 mln), Turkiya (2,1 mln), Italiya (2 mln) va Ispaniya (1,8 mln) ga to‘g‘ri kelmoqda.

Ayni vaqtgacha COVID-19 dan sog‘ayganlar soni 56 million 909 552 nafarga yetgan. Ushbu virus sabab vafot etganlar soni 1 million 764 621 nafarni tashkil etmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich Qozog‘istonda (151 ming kasallanganlar) bo‘lib turibdi. Shuningdek, hozirda Qirg‘izistonda 80 mingdan ortiq, Afg‘onistonda 51 ming, Tojikistonda 13 mingdan ortiq COVID-19 bilan zararlanganlar bor.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus pandemiya

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing