Dunyo AQSHning “Demokratiya sammiti”ga muhtoj emas – Xitoy  

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 29-30 mart kunlari AQSH, Zambiya, Kosta-Rika, Niderlandiya va Janubiy Koreya mezbonligida ikkinchi “Demokratiya sammiti” bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Sammitga taklif qilinmagan Xitoy esa zamonaviy dunyo ixtilof va qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradigan bunday sammitlarga muhtoj emasligini aytdi. Bu haqda bugun, 28 mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning ma’lum qildi.

“Bugun dunyoga demokratiyani himoya qilish bahonasida boshqa davlatlarning ishlariga aralashish emas, balki haqiqiy demokratiyani amalda qo‘llash, psevdodemokratiyadan voz kechish va xalqaro munosabatlarda demokratiyani targ‘ib qilish uchun birgalikda harakat qilish kerak”, degan Mao Ning. 

Uning ta’kidlashicha, dunyoga aslida qarama-qarshilikni keltirib chiqaradigan “Demokratiya sammiti” emas, balki xalqaro hamjamiyat duch kelayotgan muammolarga dosh bera oladigan hamjihatlik va hamkorlik kerak.

Ma’lumot uchun, birinchi “Demokratiya sammiti” 2021 yil dekabr oyida Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan videokonferensiya orqali o‘tkazilgan. AQSH rasmiylari 110 ta davlat va hududni, xususan, Tayvanni ham sammitda ishtirok etishga taklif qilgan. Biroq Xitoy, Rossiya, Misr, Turkiya va boshqa davlatlar ishtirok etmagan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni ham ikkinchi “Diplomatiya sammitida” ishtirok etishi kutilayotgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Demokratiya sammiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing