Duma YeKning Rossiyaga nisbatan Nizomi va shartnomalarini bekor qildi
Olam
−
16 fevral 2023
5326Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi bugun, 16 fevral kuni bir ovozdan Rossiyaga nisbatan Yevropa Kengashi Nizomini, shuningdek, tashkilot bilan tuzilgan 20 ta xalqaro shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.
Tashabbus Dumaga yanvar oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan kiritilgan edi. Hujjatda ta’kidlanganidek, Rossiya Federatsiyasi ushbu tashkilotdagi a’zolikni tugatganligi munosabati bilan shartnomalardan chiqadi va Yevropa Kengashi Nizomidan voz kechadi.
Jami 21 ta hujjat denonsatsiya qilinmoqda, ular orasida terrorizmga qarshi kurash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Yevropa konvensiyalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning Yevropa Xartiyasi, Yevropa ijtimoiy Xartiyasi va boshqalar bor.
Davlat Dumasining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Slutskiy aytganidek, inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasining amal qilishini tugatish Rossiyada inson huquqlariga rioya etilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
“Rossiyaning Yevropa Kengashiga a’zoligining 26 yilida barcha normalar, u yoki bu tarzda, hech bo‘lmaganda milliy qonunchilikda amalga oshirilgan, amal qilyapti va amalda bo‘ladi. Rossiya Konstitutsiyasida inson huquqlarini himoya qilish sohasida inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyaga qaraganda kengroq kafolatlar ham nazarda tutilgan”, deydi deputat jurnalistlarga.
Tegishli qo‘mita xulosasida ko‘rsatilganidek, Rossiya Federatsiyasi uchun Yevropa Kengashining xalqaro shartnomalari bilan bog‘liq bo‘lishga rozilik federal qonunlar shaklida qabul qilinganligi sababli, ularning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror ham federal qonun shaklida qabul qilinishi kerak.
Bundan tashqari, hujjatning qabul qilinishi 2001 yil 30 maydagi "Favqulodda holat to‘g‘risida"gi va 2002 yil 30 yanvardagi "Harbiy holat to‘g‘risida"gi federal konstitutsiyaviy qonunlarga o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi.
Rossiya Federatsiyasining Yevropa Kengashidan chiqishi
2022 yil 15 martda Rossiya hukumati Yevropa Kengashi Bosh kotibi Mariya Peychinovich-Burichni tashkilotdan chiqishi va Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasini denonsatsiya qilish niyati haqida xabardor qildi. 16 mart kuni Yevropa Kengashi Vazirlar qo‘mitasi Rossiyaning tashkilotdagi vakolatlarini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shu kuni Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiya Rossiya Federatsiyasiga qarshi barcha shikoyatlarni ko‘rib chiqishni to‘xtatib turishga qaror qildi. Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiya rossiyaliklarning 2022 yil 16 sentyabrgacha sudga kelib tushgan shikoyatlarini ko‘rib chiqishda davom etadi.
LiveBarchasi