Dueyn Jonson MMA mashg‘ulotlarini boshlashini ma’lum qildi

Madaniyat-san’at

image

"The Rock" taxallusi bilan tanilgan Gollivud aktyori va sportchi  Dueyn Jonson navbatdagi “Smashing Machine” nomli filmiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida MMA bo‘yicha mashg‘ulotlarni boshlash niyatida. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “Smashing Machine” filmi Jonsonning aktyorlik karerasidagi muhim voqea bo‘lishi kutilmoqda. Chunki u filmda MMA sportining haqiqiy afsonasi bo‘lgan Mark Kerrning hayoti va bosib o‘tgan yo‘lini ijro etadi.

“Ertadan MMA mashg‘ulotlarini boshlayman. Mening hozirgi holatim juda yaxshi va yurak urishim ham normada. Men ushbu filmga chuqur hurmat va muhabbat bilan yondashaman. Kerrga hurmatim cheksiz. Men ko‘p yillar davomida giyohvandlikka qarshi kurashgan juda ko‘p do‘stlarimning (kurashchilarni) hayotdan ko‘z yumgani, shuningdek o‘z joniga qasd qilganining guvohi bo‘ldim. Bu so‘zlarim mening ularga sevgi maktubimdir”, deydi sportchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dueyn Jonson o‘zining Fransiyadagi Le Musee Grevin muzeyiga o‘rnatilgan haykalini almashtirmoqchiligini ma’lum qilgandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

MMA Dueyn Jonson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing