Dubayga qachon borish mumkin? Hukumat rasmiy bayonot berdi

Olam

image

Dubay hukumati mamlakatni sayyohlar uchun joriy yilning iyul oyida ochmoqchi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.

Bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va global tendensiyalarga qarab sentyabrgacha kechiktirilishi mumkin, dedi Dubay turizm va tijorat marketingi bosh direktori Hilol al Marriy.

O‘tgan hafta amirlik hukumati qat’iy cheklovlarni yengillashtirishi va savdo hamda transport faoliyatining ayrim turlarini tiklashga imkon berishini e’lon qilgan edi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Dubay 16,7 million sayyohni qabul qilgan.

Avvalroq, Dubay politsiyasi COVID-19 koronavirusining tarqalishini yenggandan so‘ng, tarixiy Al-Ras tumanida otliqlar paradini o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Dubay

Baholaganlar

320

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing