Dubaydan Toshkentga uchayotgan aviareys majburan bekor qilindi

Jamiyat

image

Dubaydan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys majburan bekor qilindi. Bu haqda Uzbekistan Airways axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, havo kemasining uchishga tayyor emasligi va ekipajning ish vaqti cheklangani sababli 12 sentyabr kungi Dubay–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY334 aviaqatnovi majburan bekor qilindi. Yo‘lovchilar 13 sentyabr kungi HY334 muntazam aviaqatnovida olib kelinadi. 

Yo‘lovchilarga Dubay shahrida qolish uchun mehmonxona taqdim etiladi. Uzbekistan Airways noqulayliklar uchun uzr so‘radi va aviakompaniya uchun parvozlar xavfsizligi ustuvor vazifa bo‘lib qolishini eslatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Dubay aviareys

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing