Dubaydagi osmono‘par binoga o‘t ketdi (video)

Olam

image

Kecha, 13 iyun kuni Dubaydagi Tiger Tower osmono‘par turar-joy binosining yuqori qavatlarida sodir bo‘lgan yong‘in tufayli 3800 dan ortiq aholi evakuatsiya qilindi. Bu haqda “The National News” xabar berdi.

Yong‘in Marina Pinnacle nomi bilan ham tanilgan  Tiger Tower’ning yuqori qavatlarida, gavjum hududda mahalliy vaqt bilan soat 21:30 atrofida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga Dubay fuqarolik mudofaasi ekipajlari yetib borgan va yong‘in taxminan soat 2:30 da qurshab olingan.

“Ixtisoslashgan guruhlar 67 qavatli binodagi 764 xonadondan 3820 nafar aholini muvaffaqiyatli evakuatsiya qildi”, deyiladi Dubay media idorasi bayonotida.

Voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan o‘t o‘chirish brigadalari bir necha soat davomida turar-joy binosining boshqa qismlariga o‘tib ketgan kuchli alangani nazorat qilish uchun harakat qilgan. Mahalliy yong‘inlarga qarshi kurash hamon davom etmoqda.

Ko‘p qavatli uyni tark etgan ko‘plab aholi ko‘chada to‘plangan, u yerda shifokorlar va psixologlar zarur yordam ko‘rsatishga tayyor. Yong‘in sabablari hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan yirik savdo do‘konlarining birida yong‘in chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Dubay osmono'par bino Tiger Tower Marina Pinnacle

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing