DTM 206,4 ball yig‘ib, OTMga kirolmagan abituriyent bo‘yicha izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir abituriyentning javoblar varaqasi ilova qilingan holda, 206,4 ball bilan ham talabalikka tavsiya etilmagan degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Davlat test markazi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, bu bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, mazkur abituriyent Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutiga topshirib, “Bojxona ishi” ta’lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilgan. Shuning uchun ushbu abituriyent davlat oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmagan va talabalikka tavsiya etilmagan.

“Hozirda abituriyentlarning shaxsiy kabinetlarida aks etayotgan ma’lumotlar davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rinli bo‘lib, oliy harbiy ta’lim muassasalariga talabalikka tavsiya etilganlik bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatilmagan, chunki oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun tanlovni Davlat test markazi amalga oshirmaydi”, deyiladi DTM xabarida.

Markazning qo‘shimcha qilishicha, 189 yoki undan yuqori ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilmagan holatlar mavjud emas.

Avvalroq, DTM test sinovlarida maksimal ball – 189 to‘plasa ham kontrakt asosida o‘qishga kirgan abituriyent bo‘yicha tushuntirish bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon abiturient DTM

Baholaganlar

1675

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing