DSQ O‘zbekistondagi yirik soliq to‘lovchilarni ma’lum qildi

Jamiyat

image

Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchilari ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan 1416 ta xo‘jalik subekti joy olgan.

Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining joriy yilning 12 iyuldagi 178-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Yirik soliq to‘lovchilarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida joriy yilning 12 iyulida ro‘yxatga olingan “Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchi sifatida tasniflash mezonlarini aniqlash to‘g‘risida”gi Nizomning 4-bandiga muvofiq,  yirik soliq to‘lovchilar toifasiga quyidagilar kiradi: 

a) aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar? 

b) tijorat banklari va ularning filiallari,  tovar-xom ashyo,  fond va valyuta birjalari? 

v) “Navoiy KMK” DK,  “Olmaliq KMK” AJ va ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar? 

g) mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar? 

d) yil yakuni bo‘yicha mahsulotlarni (tovarlar,  ishlar va xizmatlar) sotishdan olingan sof tushumi 100 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar. 

Yirik soliq to‘lovchilar toifasini aniqlashda,  yuqoridagi Nizomning 4-bandining “d” kichik bandida ko‘rsatilgan mezonlar o‘tgan kalendar yil yakunlari bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlarining ko‘rsatkichlari asosida belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat soliq qo'mitasi

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing